Bir yil avval Qoraqalpog‘istonda Konstitutsiyaga kiritilgan respublikani suverenitetdan mahrum qiluvchi o‘zgartirishlar sababli norozilik namoyishlari boshlangan edi. Kamida 19 kishi halok bo’ldi, yuzlab odamlar jarohatlandi va namoyishchilar qamoq jazosiga hukm qilindi.
Konstitutsiyaga kiritilgan aynan o`sha o‘zgartirish olib tashlandi, referendumda yangi asosiy qonun qabul qilindi, Qoraqalpog‘iston voqealarining yilligi esa – tasodifan yoki yo‘q – Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davriga to‘g‘ri keldi. Iyul oyidagi voqealarni faqat norozilik namoyishlari ishtirokchilari sudlaridan olingan xabarlar eslatib turar edi.
Biroq, bu yetarli emas – hukumat sodir bo’lgan voqea sabablarini, xavfsizlik kuchlarining haddan tashqari choralarni qo’llaganini, tinch aholining o’ldirilishini va mahbuslarning qiynoqlar haqidagi da’volarini tekshirishi shart.
Bu hali amalga oshirilmadi, yoki yetarli darajada omma uchun ochiq tarzda o`tzkazilmagan.
Oradan bir yil o‘tib ham parlament komissiyasi o‘z xulosasini taqdim etmadi
Asosan davlatga aloqador shaxslardan tashkil topgan “mustaqil deputatlik komissiyasi” Qoraqalpogʻistondagi norozilik namoyishlari holatlarini oʻrganib, oʻz xulosalarini berishi kerak edi.
Yil davomida komissiyaning telegram-kanalida asosan tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanganlarning sud qarorlari eʼlon qilingan, komissiya suddan insonparvarlik tamoyillari asosida qaror qabul qilishni soʻraganligi va komissiyaning guvohlar bilan uchrashuvlari haqida xabarlar berilgan. Komissiya mahkum namoyishchilarning sudlari haqida batafsil ma`lumot yozgan, ammo haddan tashqari kuch ishlatgan xavfsizlik xodimlarining sudlari haqida kanalda birorta ham xabar yo’q.
Komissiya kanali endi ochilganida izoh va har qanday «reaktsiya» qoldirish imkoniyati mavjud edi. Birinchi postlar doimiy ravishda ko’proq dizlayklar yig`ar edi. Biroz vaqt o’tgach, kanalda izoh qoldirish va dizlayk qo`yish imkoniyati o’chirildi.
Fevral oyida komissiya o’z tekshiruvi bo’yicha hisobot tayyorlashni boshlaganini e’lon qildi. Voqealar sodir bo`lganidan bir yil o’tib, deyarli barcha ayblanuvchilar jazo oldi. Biroq, hisobot hanuz ommaga taqdim etilmagan.
Vafot etganlar soni bir necha marotaba o’zgargan, ismlar ro’yxati esa jamoatchilikka e’lon qilinmagan
Namoyishlar jarayonida vafot etganlarning, shu jumladan namoyishlarda ishtirok etmagan furqarolarolarning o`limi bilan bog`liq holatlar, ommaviy ravishda juda kam muhokama qilindi. O’lganlar soni haqidagi rasmiy ma’lumotlar bir necha bor o’zgargan. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, haqiqiy soni rasmiy e`lon qilingan raqamlardan kamida ikki barobar ko’proq.
Birinchi rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 18 kishi halok bo’lgan. So`ng yana 3 ta o’lim haqida xabar berildi, vas hu bilan ularning soni 21 taga yetdi. Kuzda Buxoroda bo’lib o’tgan sud jarayonida huquq himoyachilari yozuvlarda kamroq sonni, ya`ni 19 kishini qayd etishdi.
Shu bilan bir vaqtda, 2 iyul kunining o`zida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi “Gazeta.uz”ga Qoraqalpog‘istondagi bo‘limda bir kunda 77 nafar o‘lim holati qayd etilganligini ma`lum qilgan. Markazning qayd etishicha, qurbonlar orasida tutun yoki shovqinli granatalar ishlatilgan bozor hududida, ehtimol, jarohat olgan ayollar va bolalar ham bor edi. Keyinchalik bu raqamlar Bosh prokuratura tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
Huquq himoyachilari, asosan, xorijliklar, birinchi navbatda, qurbonlarning tanishlari va qarindoshlaridan messenjerlar orqali olgan xabarlari asosida norasmiy roʻyxatlarni tuzdilar. “Memorial” inson huquqlari markazidan Vitaliy Ponomaryovning ro’yxatida 34 ta, Polshaning “Ochiq muloqot” fondining “Kozlovskaya ro’yxati”da esa 20 ta ism bor, ulardan 9 tasi “34 talik ro’yxat”da yo’q edi. “Freedom for Eurasia” (Yevroosiyo uchun erkinlik) boshchiligida olib borilgan ishlar davomida ro‘yxatlar birlashtirilib, hozirgi paytda unga 49 kishi kiritilgan.
Namoyishlarni tarqatish uchun haddan tashqari kuch qo’llangani bo’yicha tergovning ommaviy natijalari yo’q
“Human Rights Watch” tashkiloti norozilik namoyishlari aks etilgan 55 ta videoni tekshirdi va vafot etgan hamda jarohatlangan namoyishchilar, maxsus jihozlar va qurollardan foydalanish jarayonlarini aks etgan yana 31 ta video hamda 30 ta fotosuratni tahlil qildi.
Jiddiy jarohatlar va o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan otiladigan qo`l granatalari, shuningdek, Bolgariyaning «Arsenal» AD kompaniyasining ehtimollik bilan o’limga olib keladigan yirik kalibrli granatalaridan foydalanish natijasida olingan jarohatlar haqida dalillar topildi. Tashkilot, shuningdek, xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘qotar qurol qo‘llanganiga oid dalillarni ham topdi.
“Oʻzbekiston xavfsizlik kuchlari Qoraqalpogʻistondagi asosan tinch namoyishlarni tarqatish uchun oʻlimga olib keladigan vositalar va boshqa haddan tashqari javob choralarini asossiz qoʻllagan”, – deya taʼkidlagan HRW 2022-yil noyabr oyida.
Fuqarolarga nisbatan qurol va maxsus vositalarni qoʻllash boʻyicha jinoyat ishi alohida jarayonga boʻlingan. Dekabr oyida prokuratura ikki fuqaroning o‘limi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edi, fevral oyida esa “noqonuniy harakatlar” sodir etganlikda ayblanib, uch nafar ichki ishlar xodimi hibsga olingani ma’lum bo‘ldi. Ularga qaysi moddalar bo`yicha ayblov qo`yilgani bu va boshqa xabarlarda aytilmagan. Ushbu sud jarayoni ham, voqealarni tergov qiluvchi “mustaqil komissiya” tomonidan hanuz e’lon qilinmagan.