Loyiha haqida

EN | UZ | RU

Sarpa – bu O‘zbekistonda jamoatchilik ishtiroki masalalariga bag‘ishlangan mustaqil loyiha.

Repostlar yangi siyosiy kuchga aylangan dunyoda biz auditoriyamiz e’tiborini haqiqatan ham muhim masalalarga qaratmoqchimiz: ya’ni, mahalliy faollarning yutuqlari va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar, xayriya uchun imkoniyatlar, jamoatchilik ishtirokini talab qiladigan muammolar va ularni hal qilish vositalariga.

Mediaresurslar – fuqarolik jamiyati uchun

Biz inson huquqlari shunchaki Konstitutsiyada qolib ketmaydigan, odamlar o‘z huquqlaridan foydalana oladigan mamlakatda yashashni xohlaymiz. Ijtimoiy tarmoqlardan tortib, maxsus softlargacha bo‘lgan onlayn vositalar orqali biz odamlarning davlat va jamiyat hayotida ishtirok etish huquqi ustida ishlaymiz. Ushbu huquq vakuumda mavjud bo‘la olmasligini, inson huquqlari o‘zaro bog‘liq va ajralmas ekanligini anglagan holda, biz raqamli vositalar yordamida kerakli bilimlarni tarqatishga va huquqlar buzilishi holatlarini ommaga yetkazishga intilamiz.

Biz mahalliy faol ayollar, NTT va quyi guruhlar, tadqiqotchilar, inson huquqlarini himoya qilish, gender tadqiqotlari yo‘nalishlarida faoiliyat yuritadigan jurnalist ayollar ishining yuzaga chiqishida yordam berayapmiz. “Sarpa”da biz faol ayollar va ularning fikrdoshlari ovozini kuchaytirishga, fuqarolik ishtiroki orqali yangi avlodni jalb etishga, yoshlarni ularning huquqlari va mamlakatda qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari haqida xabardor qilishga harakat qilamiz.

Sarpa – davlat va biznesdan mustaqil, Toshkent shahrining jurnalist va faol ayollari tomonidan yaratilgan kichik loyihadir

Amalga oshirilgan ishlar

“Sarpa” 2021-yilda Instagram sahifasidan boshlangan – o‘shanda biz ko‘plab ijtimoiy muammolar haqida yozganmiz va tan olish kerak, aniq harakat strategiyasiga ega bo‘lmaganmiz. Yangi bilim, tajriba va do‘stlar orttirgach, biz ijtimoiy tarmoqlar kuchidan faol ayollar ovozini o‘z manziliga yetkazish va inson huquqlari haqidagi bilimlarni ommalashtirish yo‘lida foydalanishni maqsad qildik.

4 yillik faoliyatimiz davomida Instagram va Telegram platformalarimizda mingdan ortiq postlar e’lon qildik, 20 ga yaqin oflayn tadbirlar o‘tkazdik: ma’ruzalar, munozaralar, kino namoyishlari, ko‘rgazma va vorkshoplar kabi, hayvonlar uchun boshpanalarga bordik va sudlarda tinglovchi sifatida ishtirok etdik. Hozirgi kunda materiallarimiz kolonka, anons va yangiliklar, tahliliy maqolalar kabi ruknlarda e’lon qilinmoqda. Biz mahalliy va xalqaro tashabbuslar hamda media loyihalar bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz — takliflaringizni sarpatas@protonmail.com pochtasiga yuborishingiz mumkin.

2024-yil may oyida faollar sayri: 3 soat ichida ishtirokchilar Xalq nazorati ilovasi orqali 40 ta ariza topshirdilar

сети
Unit is a community of journalists and activists working on queer issues in Central Asia, Eastern Europe and the South Caucasus.

Ishlash tamoyillari

Shaxsiy ishtirok. Biz chetdan kuzatib turmaymiz – balki o‘zimiz ham fuqarolik jamiyatining bir qismimiz. Biz O‘zbekistonda tug‘ilganmiz va yashaymiz. O‘z ishimizda bugungi kunda shu diyorda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning bilimi, tajribasi va hayotiga tayanamiz.

Maqolalarimiz nafaqat tadqiqotlarga, balki shaxsiy ishtirokimiz natijasidagi amaliyotlarimizga ham asoslangan: masalan, arizalar topshirish, tashabbuslarni tashkil etish, ko‘ngillilik, saylov va referendumlarda ishtirok etish kabi.

Davlat va unga aloqador tuzilmalardan alohida ishlash. Biz huquqlar himoyasiga doir kun tartibida turli yot vositalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka intilamiz hamda ayni vaqtda davlat tuzilmalari, shuningdek, davlat bilan bog‘liq tashkilotlar, jumladan, oligarx kompaniyalar va davlat manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yurituvchi rasman mustaqil bo‘lmagan muassasalar bilan hamkorlik qilmaymiz. Biz mustaqil NTTlar, ro‘yxatdan o‘tmagan tashabbuslar, kichik biznes va alohida fuqarolar bilan munosabatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratamiz.

Jamoatchilik oldidagi javobgarlik. Komyuniti-media sifatida biz jurnalistika qoidalariga amal qilamiz. Biz feminitiv va inklyuziv tildan foydalanamiz, tadqiqot va ma’lumotlarga tayanamiz, klikbeytlar yozmaymiz va dushmanlik lug‘atini ishlatmaymiz. Matnlarda kontekstni hisobga olishga va biz yozayotgan odamlar va jamoalar haqida hurmat bilan gapirishga harakat qilamiz.

Kamsitmaslik. Biz har bir insonning qadr-qimmatini tan olamiz va jinsi, gender, jinsiy oriyentatsiyasi, irqiy yoki etnik mansubligi, nogironligi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, dini, tili yoki boshqa belgilari bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaymiz.

Open lecture in April 2023: lawyer Sergei Mayorov on how to behave when detained, searched, arrested

Muammoga befar bo‘lmagan faollar hamjamiyatiga qo‘shiling!