STEAM sohalarida bepul sinflarga ega CyberQiz platformasi ishga tushirildi

UZ | RU

Cyber Qiz – bu rivojlanayotgan ijodiy va fanlararo STEAM sohalarida amaliy mashg‘ulotlarni taklif etuvchi bepul onlayn ta’lim platformasi.

Loyiha Qizlar* jamoasi tomonidan tashabbus qilingan bo‘lib, video darslar turkumini yaratish g‘oyasidan o‘sib, mahalliy tajriba, til, texnologiya va qo‘llab-quvvatlash orqali bilimlar uzatiladigan to‘laqonli platformaga aylandi. Cyber Qiz o‘z sur’atingizda o‘rganishingiz va sinab ko‘rishdan qo‘rqmasligingiz mumkin bo‘lgan makon sifatida yaratilmoqda.

→ cyberqiz.qizlar.co

Platforma san’at va texnologiyalar kesishmasida ishlaydigan Markaziy Osiyolik mutaxassislar tomonidan yaratilgan 10 ta video-darsdan ishga tushiriladi. Sinflar 3D modellashtirish, digital-kollaj va indi-geymdevdan tortib to live-koding, interaktiv yorug‘lik displeylari va generativ san’atgacha bo‘lgan keng ko‘lamli mavzularni qamrab oladi. Barcha sinflar o‘zbek, tojik, qoraqalpoq, rus va o‘zbek imo-ishora tillarida mavjud bo‘lib, ko‘p tilli va ko‘p millatli kontekstda bilim olish imkoniyatini yaratadi.

*Qizlar – san’at, madaniyat, ta’lim va jamoatchilik chorrahasida faoliyat yuritadigan madaniyat va san’at arboblari, faollar va tadqiqotchilarning o‘zini o‘zi tashkil etgan jamoasi. Jamoa 2022-yildan beri mavjud bo‘lib, O‘zbekistonga e’tibor qaratadi.